Mirzaobodlik shunqorlar – birinchi
Gulistonda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining Sirdaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Gulistonda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Shunqorlar” harbiy-sport musobaqasining Sirdaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.Unda shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 11 jamoa bir necha sport turlari bo‘yicha jismoniy tayyorgarligini namoyish etdi, harbiy sohaga oid bilim va ko‘nikmasini sinovdan o‘tkazdi.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, viloyat mudofaa ishlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmalari hamkorligida tashkil etilgan musobaqaning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda ushbu an’anaviy musobaqa yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy xizmatga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.
Mirzaobod qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kollejining “Qalqon” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va musobaqaning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.