Mirtuxtayeva Malika Baxtiyarovnaning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Gigant gipofiz adenomalari, klinik-diagnostik jihatlari, xafv omillari va davolash masalalari” mavzusida
Mirtuxtayeva Malika Baxtiyarovnaning 14.00.03–«Endokrinologiya» ixtisosligi bo‘yicha “Gigant gipofiz adenomalari, klinik-diagnostik jihatlari, xafv omillari va davolash masalalari” mavzusidagi tibbiyot fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/01.04.2023.Tib.161.01 raqamli Ilmiy kengashining 2025 yil 18 mart kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100125, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 56-uy. Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Tel.: (+99871) 262-27-02
e-mail: info@endomarkaz.uz