Mirsiddiqxon Hashmat Buxoriyning hujjatli asarlari tavsifi va tahlili
Ilhom Abdusalomovich ESHONQULOV dotsent филология фанлари номзоди Termiz davlat universiteti Termiz, Oʻzbekiston e-mail: ilhom_eshonzoda@mail.ru https://orcid.org/0009-0009-3129-1895
Annotatsiya
Mazkur maqola Mirsiddiqxon Hashmat Buxoriyning hujjatli asarlarini tavsiflash, tasniflash va ilmiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari xazinasida saqlanayotgan qo‘lyozmalar asosida muallif asarlarining mazmuniy, janriy, tarkibiy, matnshunoslik va kodikologik xususiyatlari tahlil qilingan. Asosiy e’tibor nujum (astronomiya), taqvimshunoslik, tarix, tazkiranavislik, tarjimai holnavislik hamda hujjatiy majmualarga oid qo‘lyozmalarga qaratilgan bo‘lib, ularning tarixshunoslik, manbashunoslik va matnshunoslik uchun qimmatli manba sifatidagi ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari Mirsiddiqxon Hashmatning hujjatiy merosi XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi Buxoro amirligining ilmiy, adabiy va madaniy muhitini o‘rganish, shuningdek, kitobat an’analari, aniq fanlar taraqqiyoti hamda davr ilmiy tafakkurining shakllanish jarayonlarini tadqiq etishda muhim ilmiy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Tayanch so‘zlar: Mirsiddiqxon Hashmat Buxoriy, hujjatli asarlar, sharq qo‘lyozmalari, matnshunoslik, manbashunoslik, nujum ilmi, taqvimshunoslik, tazkiranavislik, Buxoro amirligi, yozma meros.