Milliy sopolsozlik mahsulotlari
Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidagi tadbirkor Ravshanbek Tojiddinov hunarmandlik asosidagi biznes faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidagi tadbirkor Ravshanbek Tojiddinov hunarmandlik asosidagi biznes faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.Rishton kulolchilik san’ati ustalari Ikromjon Qambarov, A’zamjon Muhammadiyev va yosh hunarmandlardan iborat jamoa kulolchilik buyumlari yasash bilan shug‘ullanadi. Ular yaratayotgan naqshinkor va serjilo yodgorlik buyumlari, lagan, ko‘za, choynak, piyola kabi milliy sopolsozlik mahsulotlari mamlakatimizdan tashqarida ham o‘z xaridorlariga ega.