Milliy qadriyatlarimiz koʻzgusi
Ajdodlarimiz tomonidan qoʻl mehnati va yuksak aqlu zakovati ila yaratilgan nafis hunarmandchilik buyumlari bugun milliy qadriyatlarimizning noyob boʻlagi sifatida dunyo ahlini ham lol etmoqda.
OʻzA arxividan maxsus fotoreportaj
Ajdodlarimiz tomonidan qoʻl mehnati va yuksak aqlu zakovati ila yaratilgan nafis hunarmandchilik buyumlari bugun milliy qadriyatlarimizning noyob boʻlagi sifatida dunyo ahlini ham lol etmoqda.
Buxoroning zardoʻzlik, Surxondaryo va Qashqadaryo vohalarining kashtachilik sanʼati, Xorazm, Samarqand va vodiy viloyatlariga xos oʻymakorlik buyumlari hayratingizni oshiradi. Ayniqsa, Prezidentimizning 2018-yil 1-noyabrdagi “Xalqaro hunarmandchilik festivalini oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarori nafis didli, qoʻli gul usta-hunarmandlarimiz mehnatini eʼzozlab, ularning yana-da koʻproq izlanishi va noyob sanʼatimizni jahonga keng tarannum etishiga qulay muhit yaratdi.
Milliy hunarmandchiligimiz anʼanalarini yoshlarimiz katta qiziqish bilan davom ettirayotgani yana-da quvonarli.