“Milliy Fashion Show” modalar namoyishi iqtidorli yoshlarni chorladi
Yoshlar ijod saroyida “Milliy Fashion Show” modalar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Namoyish doirasida milliy hunarmandlar ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, unda respublikamizning turli hududlaridan kelgan mohir ustalar tomonidan yaratilgan nafis hunarmandchilik buyumlari taqdim etildi.

Mehmonlar milliy zardo‘zchilik, milliy o‘yinchoqlar, oddiy metallardan milliy uslubda tayyorlangan taqinchoqlar, kandakorlik, misgarlik buyumlari, kulolchilik, zargarlik va yog‘och o‘ymakorligi kabi san’at turlarining eng sara namunalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, namoyishda 8 nafar yosh dizaynerlarning 60 dan ortiq liboslari namoyish etildi.


Modalar namoyishi mehmonlarga zamonaviy dizaynerlar tomonidan tayyorlangan eksklyuziv milliy kolleksiyalar, ipak va atlas matolar jozibasi, nafis kashtalar hamda milliy modaning eng yangi yo‘nalishlari bilan tanishish imkonini berdi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA