Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etdi.
Bugungi tadbir o‘tkazilayotgan joyda 108 gektar maydonda Milliy dendrologiya bog‘i tashkil qilinmoqda.
Bu yerdagi “Yashil” universitet hududida “Ilm – loyiha – amaliyot” zanjiri asosida barpo etilayotgan “in-vitro” laboratoriyasi, Dorivor o‘simliklar hamda Urug‘chilik va seleksiya markazlari ham shu yilning o‘zida ishga tushiriladi.
Prezidentimiz tadbirda qatnashayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘rmonlar bo‘yicha forumi raisi Ismoil Belen, ushbu forumning Kotibiyati direktori Julet Biao, xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi diplomatik korpusi vakillari hamda barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorchilik bildirdi.
Shundan so‘ng Prezidentimiz tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi.
Bu bilan bir vaqtda respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o‘tqazdi.
O‘zA