“Mikrokreditbank”ning xalqaro ishonch reytingi yanada mustahkamlandi
Katta ishonch — katta natija!
Xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings “Mikrokreditbank”ning reyting prognozini “Barqaror”dan “Ijobiy”ga oshirdi hamda bankning “BB” darajasidagi reytingini tasdiqladi.
Ushbu qaror bankning mustahkam moliyaviy barqarorligi, izchil rivojlanish sur’atlari va xalqaro moliya bozorlaridagi ishonchli pozitsiyasi yanada kuchayib borayotganining muhim tasdig‘i bo‘ldi.
Bugungi kunda “Mikrokreditbank” mijozlar va hamkorlar uchun ishonchli moliyaviy tayanch sifatida faoliyat yuritib, zamonaviy bank xizmatlari va barqaror o‘sish strategiyasi orqali o‘z mavqeini mustahkamlab bormoqda.
MKBank — ishonchli hamkor, barqaror kelajak sari.
Bank axborot xizmati
Reklama huquqi asosida.