Mikel Merino: “Fransiyaga qarshi eng yuqori saviyamizni ko‘rsatishimiz kerak”
Raqib yakkakurashlarda juda kuchli va ko‘proq futbolchilarning individual mahoratiga tayanadi.
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mikel Merino JCH–2026 yarim finalida Fransiyaga qarshi bo‘ladigan uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz eng yuqori darajadagi o‘yinni namoyish etishimiz kerak. O‘z uslubimizda o‘ynab, maydonda ustunlikni qo‘lga olishimiz, ayniqsa hal qiluvchi vaziyatlarda tashabbusni o‘z qo‘limizda ushlashimiz zarur.
Raqib yakkakurashlarda juda kuchli va ko‘proq futbolchilarning individual mahoratiga tayanadi. Har birimiz shuni unutmasligimiz kerakki, ularda to‘p bilan harakat qilayotgan istalgan futbolchi gol uradigan vaziyat yaratishi mumkin.
Xatoning narxi juda qimmat. Shu sababli har bir futbolchi butun uchrashuv davomida maksimal darajada diqqatini jamlashi shart", — dedi Merino.
Ispaniya va Fransiya o‘rtasidagi JCH–2026 yarim final uchrashuvi 14-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.