MIB: mulk bank hisobiga oʻtkazib berildi
Majburiy ijro byurosining Pop tuman boʻlimi tomonidan qarzdorlikni majburiy tartibda undirish toʻgʻrisidagi sud hujjatlari ijrosini taʼminlash borasida tegishli choralar koʻrib kelinmoqda.
Majburiy ijro byurosining Pop tuman boʻlimi tomonidan qarzdorlikni majburiy tartibda undirish toʻgʻrisidagi sud hujjatlari ijrosini taʼminlash borasida tegishli choralar koʻrib kelinmoqda.
Xususan, boʻlim ish yurituvida Chust tumanlaro iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan “Oʻzagroeksportbank” ATB manfaatiga “MILL FOOD” MCHJ va qoʻshimcha javobgar “Abbos Oydin-Islom” jamiyatidan 494272,69 AQSH dollari, yaʼni 5 mlrd. 091 mln. soʻm miqdoridagi qarzdorlikni undirish belgilangan.
Boʻlim davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinib, tomonlarga yuborilgan. Shuningdek, qarzdorlikni bartaraf etish uchun jamiyatlarga ixtiyoriy muddat berilgan. Biroq, bundan toʻgʻri xulosa qilinmagani sababli ijro harakati jamiyat tasarrufidagi avtomobillarga gaz qoʻyish shoxobchasiga qaratilgan.
Ijro harakatlari davomida, qarzdorga tegishli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasi xatlanib, 5.997.705.672 soʻmga baholangan va savdoga chiqarilgan. Ammo, savdo yakuni boʻyicha mulk sotilmaganligi sababli manfaatdor bank balansiga oʻtkazilib berildi.