MIB: Chortoqda 40 million so‘mdan ortiq jarima undirildi
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Chortoq tumani bo‘limi ish yurituvida jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining 2020 yil 5 iyundagi ijro varaqasiga binoan, qarzdor fuqaro Ikromjon Yuldashevdan davlat foydasiga 40 million 181 ming 466 so‘m jinoiy jarima undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati MIB tuman bo‘limi ish yurituviga 2020 yil 7 iyunda kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror chiqarilgan.
Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasiga ko‘ra, qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida barcha tashkilotlarga so‘rov xatlari yuborilgan. Qarzdorning yashash xonadonidagi mulkiy xolati o‘rganib chiqildi.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor fuqarodan sudning qarorida ko‘rsatilgan jarima mablag‘i to‘liq undirildi hamda ijro ishi yuritish tamomlandi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA