Toshkent shahri aholi soni bo‘yicha Markaziy Osiyodagi yirik shaharlardan biri sanaladi.

Aholining jamoat transportiga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, o‘tgan asrning 70-yillarida poytaxtimizda metro qurildi. Birinchi yo‘nalish  Chilonzor liniyasi bo‘lib, u poytaxtning yirik tumanini shahar markazi bilan bog‘lagan. Aholining o‘sishi bilan bir vaqtda yangi metro yo‘nalishlariga ham talab oshdi.  

 bugungi kunda Toshkent metropolitenida aholiga keng qulayliklar yaratish, yo‘lovchi tashish xavfsizligini ta’minlash hamda ularga xizmat ko‘rsatish madaniyatini yuksaltirish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.  

 Prezidentimizning joriy yil 16 oktyabr kuni “Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, “Toshkent metropoliteni” UK “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibidan Transport vazirligi tizimiga o‘tkazilib, “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasiga o‘zgartirildi.  

 “Toshkent metropoliteni” DUK boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda transport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi. Korxona 2024 yil 1 yanvargacha respublikada ishlab chiqarilmaydigan va tegishli ro‘yxat bo‘yicha import tovarlarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona yig‘imlaridan tashqari) ozod etiladi.  

 2022 yil 1 iyulgacha 7 ta metro bekatida (Beruniy, Chorsu, Paxtakor, Olmazor, Turkiston, Qo‘yliq bozori, Chilonzor) transport o‘tish bog‘lamalari hamda 2022 yil 1 oktyabrga qadar Toshkent shahriga kirib keluvchi yo‘lovchi transportlar uchun 6 ta metro bekati (Turkiston, Yunusobod, Chilonzor va yer usti halqa liniyasining 3, 4 va 5-bekati) atrofida avtoturargohlar tashkil etiladi.  

 2022 yil 1 yanvardan metropoliten yo‘nalishlari (ularning qurilishi bo‘yicha ma’lumotlar), bekatlar (ular atrofida joylashgan ob’ektlar va jamoat transporti yo‘nalishlari), poyezdlar harakati jadvali va elektron to‘lov kabi ma’lumot va xizmatlarni o‘z ichiga oluvchi mobil ilova ishga tushiriladi.  

 2022 yil 1 aprelgacha yer usti halqa metro bekati yo‘nalishida yo‘lovchilar uchun bepul WI-FI tizimi bilan bog‘lash va yer osti metro bekatlarida mobil aloqa operatorlari xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.  

 Shuningdek, 2021–2023 yillarda Toshkent metropolitenida yo‘lovchi tashish va poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.  

 Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Metropolitenda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?