Xabaringiz bor, joriy yilning 1 fevralidan keyin tug‘ilgan bolalarga guvohnoma rasmiylashtirishda to‘lov undirilmasligi belgilandi.

Shunday bo‘lsa-da, mazkur holatni aksariyat fuqarolar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinayotganiga duch kelayapmiz.

Quyidagi ma’lumotlar orqali bu borada batafsil axborotga ega bo‘lishingiz mumkin.  

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 noyabrdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan “Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlari ko‘ratishning ma’muriy reglamenti”ga asosan 2021 yilning 1 fevralidan boshlab yangi tug‘ilgan bolalar uchun tug‘ilganlik holati qayd etilganda guvohnoma olish uchun to‘lovlar amalga oshirilmaydi.

 Bunda bolani doimiy ro‘yxatga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining "Davlat boji to‘g‘risida"gi Qonunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdoridagi davlat boji;

 tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani rasmiylashtirganlik uchun Vazirlar Mahkamasining "Gerbli guvohnomalar berganlik uchun gerb yig‘imi miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 2012 yil 25 apreldagi 119-son qarorida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi — 36 750 so‘m miqdoridagi gerb yig‘imi bir martalik nafaqa (suyunchi) miqdoridan chegirib qolinadi.

 Agar fuqaro takroriy guvohnoma olishiga to‘g‘ri kelsa bu jarayonda 15 foiz davlat boji va 15 foiz gerbli yig‘im to‘lovlari mavjud.

     Joriy yilning 1 fevraligacha tug‘ilgan bolalar uchun guvohnoma rasmiylashtirishda 15 foiz gerb yig‘imi — 36 750 so‘m + doimiy ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun 4900 so‘m davlat boji to‘lanadi.

2021 yil 1 fevralidan bolani tug‘ilganligini qayd qilish jarayonida boshqa davlat xizmatlari — tibbiy poliklinikaga hisobga qo‘yish, bir martalik nafaqa olish, bolani doimiy ro‘yxatga qo‘yish, davlat bog‘chasiga navbatga qo‘yish avtomatik (kompleks xizmat turi) tarzda ko‘rsatiladi.

DXA Samarqand viloyat boshqarmasi

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Metrika" olish pullikmi yoki...