“Mehrigiyo”ning shifobaxsh mahsulotlari
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi “Mehrigiyo” kichik korxonasi shifobaxsh o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan.
Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi “Mehrigiyo” kichik korxonasi shifobaxsh o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan.70 dan ziyod ishchi mehnat qilayotgan korxonada asal va dorivor giyohlar asosida 113 turdagi shifobaxsh choy tayyorlanmoqda. Ekologik toza dori-darmonlar turini ko‘paytirish borasida Toshkent farmatsevtika instituti, Qo‘qon pedagogika instituti, Farg‘ona davlat universiteti olimlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda mutaxassislar papayya, zaytun, rastaropsha, apelsin, kivi, greyfrut o‘simliklarini mahalliylashtirish va ulardan farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarish ustida izlanish olib bormoqda.