Meksikadagi maktabda otishma sodir bo‘ldi
Meksikaning Tamaulipas shtati Syudad-Viktoriya shahridagi maktabda otishma sodir bo‘ldi. Hodisada besh nafar o‘quvchi jabrlangan.
Meksikaning Tamaulipas shtati Syudad-Viktoriya shahridagi maktabda otishma sodir bo‘ldi. Hodisada besh nafar o‘quvchi jabrlangan.Bu haqda “El Universal" nashriga asoslanib TASS xabar beradi.
Qayd etilishicha, maktabda kim o‘t ochgani hali noma’lum. Politsiya tomonidan voqea joyi o‘rab olingan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning yanvar oyida Meksikaning Nuevo-Leon shtati Monterrey shahridagi kollejda o‘quvchi o‘qituvchisi va sinfdoshlarini o‘qqa tutgan edi. Oqibatda uch kishi og‘ir jarohat olib, muallima hayotdan ko‘z yumadi. Otishmani sodir etgan o‘quvchi so‘ng o‘z joniga qasd qilgan edi.