Meksika terma jamoasi Ekvadorni mag‘lub etib, nimchorak finalga yo‘l oldi
Uchrashuv yakunlandi.
Jahon chempionatining 1/16 final bosqichi uchrashuvlari davom ettirilmoqda.
Jahon chempionatining mezbonlaridan biri hisoblangan Meksika terma jamoasi qoqilishlarsiz mundialdagi yurishini davom ettirmoqda. "Burgutlar"ning bu safargi raqibi Ekvador terma jamoasi bo‘ldi. Uchrashuvning dastlabki bo‘limi aynan mezbonlarning ustunligida o‘tdi va buni hisobga ham ko‘chira oldi. O‘yinning 22-daqiqasida Xulian Kinyones gol urib hisobni ochdi. Oradan 9 daqiqa o‘tib, Raul Ximenes oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi bo‘limda esa Ekvador terma jamoasi o‘yinni nazorat qila boshladi. Biroq Meksika himoyada bexato harakat qildi va o‘z darvozasi daxlsizligini bu uchrashuvda ham saqlab qoldi. Yakuniy hisob 2:0 Meksika g‘alaba qozonib, nimchorak finalga yo‘l oldi.