Mehnat keltirgan shuhrat
Vatanimiz mustaqilligining yigirma uch yillik bayrami arafasida Prezidentimiz farmoniga muvofiq, Namangan shahridagi «Namangan elektr qurilmalari» ishlab chiqarish korxonasi bosh muhandisi Tursunpo‘lat Sarimsoqov «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

T. Sarimsoqov mehnat qilayotgan korxonada Mahalliylashtirish dasturi asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ichki bozorda tobora xaridorgir bo‘lib bormoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida 84,63 million so‘mlik armatura, 183,07 million so‘mlik metall buyumlar tayyorlanib, buyurtmachilarga yetkazib berildi.