MDH Parlamentlararo assambleyasi köp tomonlama muloqotni yanada rivojlantiradi
Turkmanistonning Avaza şahrida Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi (MDH) Parlamentlararo assambleyasi (PA) tadbirlari bölib ötmoqda. Unda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva boşçiligidagi Özbekiston parlament delegatsiyasi ham iştirok etmoqda.
MDH PA Kengaşining yiğilişida parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlaş, Hamdöstlik doirasidagi köp tomonlama muloqotni rivojlantiriş hamda Assambleyaning kelgusi faoliyatiga doir muhim masalalar muhokama qilindi. MDH PA Kengaşi Raisini saylaş jarayoni Senat Raisi rahbarligida ötdi. Ovoz beriş yakunlariga asosan Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengaşi Raisi Valentina Matviyenko navbatdagi bir yillik muddatga PA Kengaşi Raisi etib saylandi.

Yiğilişda parlamentlararo hamkorlikning institutsional asoslarini kengaytirişga qaratilgan muhim qaror ham qabul qilindi. Xususan, Turkmaniston Majlisiga MDH PA huzurida kuzatuvçi maqomi berildi. PA taşkil etilganining 35 yilligi munosabati bilan ötkaziladigan tadbirlar dasturi hamda 2027-yilga möljallangan iş rejasi tasdiqlandi. Keyingi yilda XII Neva xalqaro ekologiya kongressi, V Yevroosiyo xotin-qizlar forumi, terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş masalalariga bağişlangan xalqaro konferensiya va boşqa qator nufuzli tadbirlarni ötkaziş rejalaştirilmoqda.

Bolalar huquqlari va manfaatlarini taʼminlaş, yoş avlod örtasida döstlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş masalalari ham eʼtibor markazida böldi. «Hamdöstlik bolalari» XI xalqaro forumi yakunlari sarhisob qilinib, navbatdagi forumni 2027-yilda Qozoğistonda ötkaziş töğrisida qaror qabul qilindi.
N.Abduraimova,
ÖzA