MCHJga 1,1 milliard so‘m pul mablag‘lari qaytarildi
Biznes-ombudsman O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi mustaqil tashkilot bo‘lib, uning asosiy maqsadi tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish, ularga davlat organlari tomonidan adolatli va teng munosabatda bo‘lishni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay muhit yaratishdan iborat.
Shunga ko‘ra, Biznes-ombudsmanga Farg‘onada faoliyat ko‘rsatuvchi “Nurxon” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) rahbari viloyat soliq organlaridan norozi bo‘lib, tadbirkor huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida murojaat qildi.
Murojaatga ko‘ra, viloyat soliq organlari tomonidan hisobga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini jamiyatga qaytarish yuzasidan qilgan murojaati asossiz ravishda ko‘rmasdan qoldirilgan.
Biznes-ombudsman devoni xodimlari ko‘magida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasining 2024 yil 17 yanvardagi “Qo‘shilgan qiymat solig‘i salbiy farq summasi o‘rnini qisman qoplash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan jamiyatga 1,1 milliard so‘m pul mablag‘lari qaytarilishi belgilandi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA