Mbappe: Messining rekordiga chalgʻiyotganim yoʻq
38 yoshli hujumchi JCHlardagi gollari sonini 18 taga yetkazib, germaniyalik Miroslav Klozeni ortda qoldirdi va mundiallar tarixidagi eng yaxshi toʻpurarga aylandi.
Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe argentinalik Lionel Messining Jahon chempionatlaridagi rekord natijasi haqida oʻz fikrini bildirdi.
38 yoshli hujumchi JCHlardagi gollari sonini 18 taga yetkazib, germaniyalik Miroslav Klozeni ortda qoldirdi va mundiallar tarixidagi eng yaxshi toʻpurarga aylandi.
"Messi juda koʻp gol uradi. U buni uddalay oladi va yana gol urishda davom etadi. Agar men doim uni kuzatib, unga taqlid qilishga urinsam, bundan ham koʻproq kuch sarflashimga toʻgʻri kelardi. Biroq men bunga chalgʻiyotganim yoʻq va bor eʼtiborimni bitta nuqtaga qaratganman. Mening fikru xayrim faqat oʻz jamoamga qanday yordam berish haqida", — dedi Mbappe.
JCH-2026 guruh bosqichining dastlabki ikki oʻyinida Messi 5 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan boʻlsa, Mbappe oʻz hisobiga 4 ta gol yozdirib qoʻydi.