Mavsumga tayyorgarlik boshlab yuborilgan
Hademay kuzning qirovli, qishning esa qahraton kunlari boshlanadi.
Hademay kuzning qirovli, qishning esa qahraton kunlari boshlanadi.
Kuz-qish mavsumining betalofot oʻtishi va turli muammolarning yuzaga kelmasligi tizimda ayni paytda koʻrilgan puxta tayyorgarlikka bogʻliq. Shu bois, “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hisobidagi havo elektr uzatish tarmoqlarini, podstansiyalarni va transformator punktlarini 2020-2021-yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorlash boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilda 3 665 kilometr havo elektr uzatish tarmoqlari, 55 dona podstansiya hamda 946 transformator punktlarini joriy va mukammal taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan boʻlib, ayni vaqtgacha 95 foiz ishlar bajarilgan.
Shuningdek, 2020/2021-yillar kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni elektr energiya bilan taʼminlashda uzilishlarning oldini olish maqsadida korxonada 25 dona har xil quvvatli transformator punktlari va 10 tonna transformator moyi zaxirasi yaratilgan. Bundan tashqari, viloyat hududidagi 1190,2 kilometr uzunlikdagi 0,4-10-35 kV. kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari tegib turgan daraxt shoxlaridan tozalanmoqda. Ushbu tarmoqlarda deffekt izolyatorlar almashtirilib, tayanchlar oraligʻidagi salqi simlar tortilib, tartibga keltirildi.
Mazkur tadbirlarning amalga oshirilishi tarmoqlardagi yoʻqotishlarni kamaytirish bilan bir qatorda elektr xoʻjaliklarini 2020-2021-yillar kuz-qish mavsumiga tayyor holatga keltirishga, elektr energiyasini hisobga olish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
– Mavsumda aholi va ijtimoiy soha isteʼmolchilarini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun energetika tizimining yuklamasini maksimum soatlarda elektr energiyasi isteʼmolini pasaytirish tadbirlari ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan, – deydi ishlab chiqarish va texnika boʻlimi boshligʻi Sharopov Zokirjon.
– Energiyani koʻp isteʼmol qiluvchi korxonalar bilan birgalikda kuz-qish oylarida elektr va issiqlik energiyasi isteʼmolini kamaytirish uchun kechki maksimal yuklanish davrida uskunalarning ish rejimi grafiklari ishlab chiqilgan. Avariyalarni zudlikda bartaraf etish uchun har bir tumanda jami 42 ta brigada tuzilgan.
Qolaversa, yuqori kuchlanishli tarmoqlar xizmati 2020-yilda 35-110 kVli havo elektr uzatish tarmoqlarini 244,3 kilometr mukammal taʼmirlash rejalashtirilgan boʻlib, hozirgi kungacha 180,3 kilometr taʼmirlandi. Bu kabi saʼy-harakatlardan maqsad aholi qishning sovuq kunlarini hech bir qiyinchiliksiz oʻtkazishini taʼminlashdan iboratdir.