Mavsumga bog‘ va tokzorlar tayyorlanmoqda
Bog‘ va tokzorlarni barpo etish orqali meva-uzum kabi mahsulotlarni yetishtirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mahalliy aholiga ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qibray tumanida barpo etilgan tokzor va bog‘larni ko‘zdan kechirib, hududlardagi kuzgi olib borilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi. Qayd etish lozimki, ushbu hududda daraxtlarga ishlov berish, toklarni ko‘mish, bog‘ va tok oralariga to‘qsonbosti ekinlarni ekish, ayrim joylarda esa yangi bog‘larni barpo qilish kabi masalalar hali ijobiy holatda emas.


Vazir tumandagi katta yo‘l yoqalaridagi bog‘larni ko‘zdan kechirar ekan, hududdagi ba’zi yerlar qarovsiz qolgani, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga beparvolik bilan munosabatda bo‘linganini keskin taniq qildi. Bog‘ yerlariga yaxshi unadigan ko‘chatlarni ekish va ularni sifatli parvarish qilish bo‘yicha hudud mas’ullariga o‘z tavsiyalarini berdi.


Qolaversa, bog‘larga ishlov berishda standartlarga xos tajribani qo‘llash, bunda yetuk olimlar ishtirokini to‘laqonli ta’minlash, manfaatli va daromad keltiruvchi mahsulotlarni yetishtirish, ularning ko‘lamini kengaytirish borasida ham o‘zining takliflarini bildirdi.
A.Musayev, O‘zA.