Mavritaniya va Chad yetakchilari Muhammad Vald G‘azvoniy va Mahamat Idris Debi Itno Burkina-Faso, Mali va Niger chiqib ketishi munosabati bilan mintaqaviy xavfsizlik alyansi – Sohil beshligi guruhi (G5)ni tarqatib yuborish tartib-taomili boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda Mavritaniya axborot agentligi – “Xabarlar” (“Al-akhbar”) yozgan.

“Sohil” so‘zi arab tilida “qirg‘oq”, “chegara” ma’nolarini anglatadi. Bu xalqaro mintaqaviy assotsiatsiya 2014 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda.

“Beshlikning amaldagi raisi Mavritaniya Islom Respublikasi va ushbu tashkilotga a’zo Chad Respublikasi hukumatlari “G5”ni ta’sis etish to‘g‘risidagi konvensiya qoidasiga muvofiq, barcha zarur choralarni ko‘radi”, deyiladi hujjatda. Konvensiyaning 20-moddasiga ko‘ra, tashkilot kamida uchta a’zo iltimosiga binoan tugatilishi mumkin.

Burkina-Faso va Niger 2023 yil 29 noyabrda tashkilotdan chiqishlarini e’lon qildi, 2022 yil may oyida Mali rahbariyati ham shunday qaror qabul qilgan.

Ushbu guruh 2014 yil fevral oyida g‘arbiy Sohilda xavfsizlikni ta’minlash va xalqaro terrorizmga qarshi kurashni muvofiqlashtirish maqsadida tuzilgan. “G5” kotibiyati qarorgohi Mavritaniya poytaxti Nuakchott shahrida joylashgan. A’zo davlatlar Sohil mintaqasida terrorchi guruhlarga qarshi kurashish uchun 2015 yilda qo‘shma armiya kuchlarini tuzgan.

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mavritaniya va Chad Sohil beshligi tarqatib yuborilganini e’lon qildi