Matonatli sportchilarimiz Osiyo-Okeaniya chempionatida qatnashmoqda
Bugun, 7-apreldan Tailand poytaxti Bangkok shahrida para pauerlifting bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida navbatdagi Osiyo-Okeaniya chempionati boshlandi.
28 ta mamlakatning 250 nafarga yaqin matonatli sportchilari ishtirok etayotgan chempionatda vatanimiz sharafini 37 nafar vakilimiz himoya qilmoqda.


Olti kun davom etadigan mazkur nufuzli musobaqaning ilk kungi bahslarida terma jamoamiz a’zolari Abdulloh Abdulazizov yoshlar o‘rtasida 49 kilogramm vaznda, Umida Rajapova kattalar o‘rtasida 41 kilo og‘irlikda hamda Bahriddin Xolbo‘tayev 54 kilogrammda g‘oliblik uchun kurash olib boradi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA