Hayotda shunday insonlar borki, ularni ko‘rganda beixtiyor matonatlilar, jasoratlilar, deging keladi.

Ular – jismoniy nuqsoni bo‘lsa ham intilishdan to‘xtamaydigan, qalbi orzu-umidga, ezgulikka to‘la odamlar. Bundaylar orasida bolalarning  borligi esa yanada hayratlanarlidir.    

Toshkent Fotosuratlar uyida ana shunday jasoratli va matonatli bolajonlarning rasmlar ko‘rgazmasi ochildi.  

Adliya vazirligi va Nogironlar jamiyati bilan hamkorlikda “Biz birgamiz!" ijtimoiy loyihasi doirasida tashkil etilgan rasmlar ko‘rgazmasi “Maftunkor ranglar jilosi” deb nomlangan.   

Angren shahridagi 34-internat maktabi o‘qituvchisi Umriniso Tursunboyeva ko‘rgazmadan ikki nafar o‘quvchisi chizgan rasmlar o‘rin olganini ma’lum qildi. Ulardan biri Zarif Murodaliyev baxtsiz tasodif tufayli ayrim barmoqlaridan ayrilgan. Shunga qarmay rasm chizish bilan shug‘ullanadi. Yangi yil arafasida derazalarga rasmlar chizib, barchani hayratga soladi. Zumrad Erkinova esa bir yoshligida jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatsiz o‘tkazilgani sababli yura olmay qolgan. Hozir qo‘ltiqtayoqda yuradi. U chizgan tabiat manzaralari, hayot lahzalari aks etgan rasmlar qizaloqning hayotga muhabbati, ezgulikka to‘la qalbini o‘zida ifoda etgan.    

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/rENyXfdOxNk" title="Matonatli bolajonlarning rasmlar ko‘rgazmasi ochildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Aytib o‘tish kerakki, 2018 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan “Biz birgamiz!" ijtimoiy loyihasi doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda.    

– Aksiya doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning respublika savdo yarmarkasini o‘tkazishga yordam berib kelinmoqda, – dedi Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva. – Yengil konstruksiyali magazinlarni qurib ishga tushirish natijasida nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarning sotuviga ko‘maklashilmoqda. 7-17 yoshdagi nogironligi bo‘lgan bolalar o‘rtasida shaxmat sport turi bo‘yicha musobaqalar tashkillashtirilmoqda. “Cheksiz imkoniyatlar” marafoni ommaviy yugurish musobaqalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni jalb qilish orqali ularni sog‘lom turmush tarziga keng jalb qilmoqda. “Maftunkor ranglar jilosi” respublika ko‘rik tanlovida 7-17 yosh oralig‘idagi nogironligi bo‘lgan bolalar o‘rtasida rasm chizish bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Bugungi ko‘rgazmadan 70 nafar bolaning 204 ta rasmi o‘rin olgan.  

Ko‘rgazma doirasida homiylardan jami 70 million so‘m pul mablag‘i kelib tushgan bo‘lib, ushbu mablag‘lar ko‘rgazmada ishtirok etgan bolalarga teng taqsimlanadi.    

Norgul Abduraimova, O‘zA  

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Matonatli bolajonlarning rasmlar ko‘rgazmasi ochildi