Mateus Kunya: "Men ushbu loyihaning bir qismi ekanligimdan baxtiyorman"
Men jamoaga kelganimda, "Manchester Yunayted" ni qanday qilib avvalgi darajasiga qaytarish borasida juda ko‘p shubhalar bor edi.
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Mateus Kunya "Manchester Yunayted" klubi haqida gapirdi.
"Men jamoaga kelganimda, "Manchester Yunayted" ni qanday qilib avvalgi darajasiga qaytarish borasida juda ko‘p shubhalar bor edi. Men ushbu loyihaning bir qismi ekanligimdan baxtiyorman. Biz keyingi mavsumda nafaqat Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish, sovrinlar yutish uchun harakat qilamiz. Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi bu birinchi qadam. Kelasi mavsum biz yanada kuchliroq bo‘lamiz", - dedi Kunya.
Eslatib o‘tamiz, "qizil iblislar" APLning 35-turidan so‘ng Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini naqd qilib ulgurdi.