Matbuotda sport mavzusi qanday yoritilmoqda?
Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida sport mavzusining yoritilishiga bagʻishlangan anjuman oʻtkazildi.
Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan ommaviy axborot vositalarida sport mavzusining yoritilishiga bagʻishlangan anjuman oʻtkazildi.
Unda yurtimizda sportni yanada rivojlantirish, ommaviy axborot vostilarida sport mavzusini yoritish masalalari hususida soʻz yuritilib, 2019 yilning yanvar-fevral oylarida bir qator gazetalarda jismoniy tarbiya va sport mavzusining yoritilishi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi.
Sport mavzusini yoritishda “Maʼrifat”, “Pravda Vostoka” va “Ishonch” gazetalari faollik koʻrsatgani qayd etildi.
Tahlil natijasiga koʻra, koʻp yillik anʼanalarga ega bir qator yetakchi nashrlar – “Xalq soʻzi”, “Oʻzbekiston ovozi”, “Qishloq hayoti”, “Molodyoj Uzbekistana”, “Milliy tiklanish” gazetalarida keyingi vaqtlarda jismoniy tarbiya va sport mavzusiga doir materiallar kam eʼlon qilinmoqda.
Mutaxassislar fikricha, bu gazetalarda mamlakatimiz sportchilarining turli xalqaro musobaqalarda erishgan yutuqlari qisqa xabar tarzida yoritilmoqda xolos, tahliliy yondashuv kuzatilmayapti.