Massavirov Sherali Sherikvayevichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“OIV/TB ko-infeksiyali bemorlarda mikozlar diagnostikasi, davolash va profilaktikasiga yondashishni takomillashtirish” mavzusida
Massavirov Sherali Sherikvayevichning 14.00.26 – Ftiziatriya ixtisosligi bo‘yicha “OIV/TB ko-infeksiyali bemorlarda mikozlar diagnostikasi, davolash va profilaktikasiga yondashishni takomillashtirish” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/01.04.2023.Tib.160.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 3-may kuni soat 13:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100027, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Majlisiy ko‘chasi, 1-uy. Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi
Tel.: (+99871) 278-04-70.
e-mail: resp.ftiz.ilmiy.m@ssv.uz