Animatsion filmlar kino san’atining ajralmas qismi sanaladi.

 O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan Toshkent xalqaro kinofestivalida animatsion kinoga ham alohida e’tibor qaratiladi.  

     Mazkur agentlik axborot xizmati xabar qilishicha, kinofestivalga taniqli xorijiy multiplikatorlar tashrif buyurib, o‘z tajribalarini o‘rtoqlashadi.

Toshkent Xalqaro kinifestivalida amerikalik mashhur rejissyor, «Qirol sher» multfilmi muallifi Rob Minkoff mehmon bo‘ladi va ishtirokchilar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etiladi.  

Rob Minkoff O‘zbekistondagi imkoniyati cheklangan bolalar uchun multfilmlar ishlab chiqarish xalqaro loyihasida ham ishtirok etadi.  

Toshkent xalqaro kinofestivaliga ko‘pgina mamlakatlardan bolalar va kattalar uchun  qadrdon multfilmlarni suratga olgan taniqli animatorlar kelishi ham rejalashtirilgan.

N.Usmonova,

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mashhur animator Rob Minkoff Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etadi