Marko Rubioning tashrifi Amerikadagi o‘zbeklar nigohida (+video)
AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning yurtimizga tashrifi va Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – AQSH” (C5+1) formatida tashqi ishlar vazirlari uchrashuvining o‘tkazilishi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim diplomatik voqealardan biri bo‘ldi.
Mazkur tashrif O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlik va barqaror taraqqiyot masalalarida o‘zaro hamjihatlikni kuchaytirish nuqtai nazaridan alohida ahamiyatga ega.
Tabiiyki, bunday yuqori darajadagi diplomatik muloqotlar nafaqat siyosiy va ekspert doiralari, balki xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz tomonidan ham katta qiziqish bilan kuzatilmoqda.
Ayniqsa, Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashab, mehnat qilayotgan, tadbirkorlik, ilm-fan va boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonliklar uchun ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi alohida ahamiyatga ega. Binobarin, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning kengayishi iqtisodiy aloqalar bilan bir qatorda, insonlar o‘rtasidagi muloqot, ta’lim, kasbiy tajriba almashish va yangi tashabbuslarni amalga oshirish uchun ham imkoniyatlar yaratadi.
Marko Rubioning Samarqandga tashrifi va O‘zbekiston – AQSH o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbollari xususida O‘zAning Qo‘shma Shtatlardagi muxbiri okean ortida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan suhbatlashdi.
Bahodir Sharopov, O‘zA
Filadelfiya, AQSH