Munosabat

Tarix – bu vaqt atalmish cheksiz o‘lchamda to‘xtovsiz davom etadigan jarayon. Uning ishtirokchilari – xalqlar, millatlar, davlatlar va sivilizatsiyalar o‘z faoliyati bilangina tarixiy taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.  

Buyuk ipak yo‘li yo‘nalishida joylashgan Markaziy va Janubiy Osiyo aloqalari asrlar davomida xalqlar do‘stligi va sivilizatsiyalarga xizmat qilib kelgan. Qolaversa, mintaqalar xalqlari bir necha bor umumiy davlatchilik tuzilmalari tarkibida, shu bilan birga siyosiy, iqtisodiy va gumanitar makonda o‘zaro hamjihatlikda umr kechirgan. Bu haqda yuzlab tarixiy-ilmiy manbalar mavjud, hududda erishilgan ilm-fan yutuqlari, ixtirolar, buyuk mutafakkirlar va olimlarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi meroslari ikkala mintaqa xalqlari uchun ham xizmat qilib kelgan.

Toshkentda “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nutqini tinglab, bir ziyoli sifatida faxr-iftixor tuydim.

O‘zbekiston ichki siyosatida kuzatilayotgan keng qamrovli islohotlar, ochiqlik va yangilanishlar bilan birga, mamlakatning mintaqa va global darajada faol tashqi siyosatni yo‘lga qo‘yib, xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirmoqda. Davlatimiz rahbari ko‘p bor yuksak xalqaro forumlarda va nufuzli minbarlarda dunyo hamjamiyatiga global muammolarga qarshi kurashishda hamkorlikni kuchaytirish, imkoniyatlarni birlashtirish, o‘zaro ishonch va teng manfaatli aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan dasturiy ma’ruzalar qilgan. O‘zbekiston rahbari tashabbuslari BMT, JSST, SHHT, MDH va boshqa ko‘plab tuzilmalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. Prezidentimizning yaqinda bo‘lib o‘tgan konferensiyadagi navbatdagi tashabbuslarini mintaqalar mamlakatlari rahbariyatiga chaqiriq sifatida baholash mumkin.  

O‘zbekiston Prezidenti forum ishtirokchilari e’tiborini tarixiy vaziyat taqozosi bilan ikki qo‘shni mintaqaning uzilib qolgan aloqalarini tiklash, o‘zaro ishonch va yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash bugunning dolzarb vazifasi ekaniga qaratdi. Ma’lumki, bundan besh yil oldin davlat rahbarimizning ilk tashabbuslaridan biri Markaziy Osiyo mintaqasi – qo‘shni davlatlar bilan ko‘p asrlik o‘zaro ishonch va do‘stlik, yaqin qo‘shnichilik qadriyatlariga asoslangan hamkorlik munosabatlarini qayta tiklash, kuchaytirish va yanada mustahkamlash bo‘lib, bu qardosh xalqlar o‘rtasidagi aloqalarni yangi va yuksak bosqichga olib chiqdi. Qayd etish joizki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari qo‘shni davlatlar rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi natijasida Markaziy Osiyoda siyosiy muloqot va o‘zaro ishonch mustahkamlandi, davlat rahbarlarining Maslahatlashuv uchrashuvlari yo‘lga qo‘yildi. Natijada mintaqadagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik darajasi yangi bosqichga ko‘tarildi.  

Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari o‘rtasidagi tarixiy aloqalarni tiklash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni tashkil etishga xizmat qiluvchi Toshkent konferensiyasi esa, yaqin ikki asr davomida kuzatilmagan yangi va dolzarb, ayni paytda tarixiy va mintaqalar davlatlari uchun juda foydali muloqot bo‘ldi. Konferensiyada Prezidentimiz tomonidan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida o‘zaro va ko‘p tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan juda muhim tashabbuslar va mintaqalar o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikning tamal toshi vazifasini o‘tovchi bir qator aniq va konstruktiv takliflar ilgari surildi.  

Mintaqa davlatlari hududida hamkorlikda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘llarini izlash, xavfsizlik va barqarorlikka tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashishda kuchlarni birlashtirish, «yashil» iqtisodiyotni rivojlantirishni rag‘batlantirish va ekologiya masalalariga e’tiborni kuchaytirish borasidagi da’vatlar globallashuv davrida inson salomatligi, xavfsiz hayoti va qolaversa, olamni musaffo va sog‘lom tarzda avlodlarga qoldirish yo‘lidagi mintaqalar maqsadlarining ifodasi bo‘lib yangradi.

Bugun xavfsizlik masalasi har qanday xalqaro uchrashuv, xalqaro anjumanning asosiy mavzularidan biriga aylangan. O‘zbekiston hamisha har qanday muammoni murosa bilan, muzokaralar orqali hal qilish tarafdori bo‘lib kelgan. Xususan, Afg‘oniston muammosiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Prezidentimizning bu mamlakatdagi vaziyatni o‘nglash to‘g‘risidagi fikrlari bugun xalqaro maydonda keng e’tirof etilmoqda. Davlatimiz rahbari Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish uchun qarama-qarshi tomonlarni murosaga keltirish, zaminda ko‘pdan buyon kutilayotgan tinchlikka erishish uchun mojaroni siyosiy yo‘l bilan hal etish va bu jarayon xalqaro hamjamiyat tomonidan har taraflama qo‘llab-quvvatlanishi prinsipial muhim ahamiyatga egaligi, qator iqtisodiy va gumanitar masalalarni hal qilish, xalqning urf-odatlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish zarurligi, bu mamlakatni umummintaqaviy jarayonlarga integratsiyasi uchun yangi istiqbollar eshigi ochilishini ta’kidladi.

2017 yil 19 sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida davlatimiz rahbari BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqishni taklif etgan edi, mazkur forumda ham mintaqalarimiz aholisining katta qismini tashkil etgan yoshlarni jalb etgan holda, ta’lim va ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish,  yosh avlodning ta’lim va tarbiya olishi uchun qulay shart-sharoit yaratish masalalari o‘rtaga tashlandi. Butun dunyoda kelajak vorislari bo‘lgan yoshlarga qaratilgan e’tiborni yanada oshirish masalasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti doimiy faoliyat yuritadigan Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari yoshlari kengashini tuzishni taklif qildi.  

Ushbu forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kiritilgan takliflar qatorida ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlik ushbu mintaqadagi davlatlar uchun siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda asosiy omillardan biridir. bugungi kunda butun dunyo jamiyati o‘zaro hamfikr bo‘lib XXI asrda global muammolarning yechimlarini innovatsiyalar, texnik va texnologik taraqqiyot, ilmiy tadqiqot faoliyatlarning muvofiqlashtirish orqali samaraga erishish mumkin. Shunday ekan, davlatimiz rahbarining qo‘shma tadqiqotlar va innovatsion ishlarni olib borish, ilmiy va o‘quv stajirovkalarini, tajriba almashish dasturlarini rag‘batlantirish global muammolar yechimi uchun fundamental va amaliy takliflardan biridir. Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlarining olim va tadqiqotchilari uchun soddalashtirilgan viza tartibini joriy etish, shuningdek universitetlar va ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha onlayn-platforma yaratish haqidagi takliflar, ayniqsa mintaqalar davlatlaridagi oliy ta’lim va ilmiy muassasalar aloqalarida yangi davrni boshlab beradi va davlatlarning ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi hamkorliklarining samaradorligini yanada oshiradi, desak xato bo‘lmaydi.

Mazkur xalqaro forum o‘tgan davrlarda mintaqani egallagan qarama-qarshilik, ishonchsizlik muhiti o‘rnida yana avvalgi tarixiy do‘stona hamkorlik va bir-birini anglash davrining boshlanishi bo‘lib xizmat qiladi.  

Orifjon Bazarov,

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori.

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari hamkorligi – barqaror rivojlanishga eltuvchi yo‘l