Markaziy Osiyo yangi texnologik davr ostonasida: imkoniyatlar va strategik ustuvorliklar
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joriy yil 6-noyabr kuni Ostona şahrida bölib ötadigan Aqaba jarayonining “Sunʼiy intellekt (SI) sohasida xavfsizlik” mavzusiga bağişlangan yiğilişida ilk bor iştirok etadi.
Forum SI texnologiyalarining jadal rivojlanişi bilan boğliq xatarlarni muhokama qiliş, şuningdek, ulardan xavfsiz va masʼuliyatli foydalanişni taʼminlaşga doir kelişilgan yondaşuvlarni işlab çiqiş uçun yuqori darajadagi maydon bölib xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbarining mazkur yiğindagi iştiroki Özbekistonning sunʼiy intellekt sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirişdan manfaatdor ekanini, şuningdek, texnologik xavfsizlik va işonçning umumiy tamoyillarini şakllantirişga hissa qöşişga tayyorligini tasdiqlaydi.

Mamlakatimizning bu masaladagi prinsipial pozitsiyasi Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan avvalroq bayon etilgan edi. Xususan, davlatimiz rahbari joriy yil 8-oktabr kuni Avazada bölib ötgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinçi Maslahat uçraşuvida sözlagan nutqida sunʼiy intellekt va katta maʼlumotlar texnologiyalariga töxtalib, “iqtisodiyotlarimizning unumdorligi va kelajakda raqobatlaşa olişi köp jihatdan şu texnologiyalarga boğliq böladi”, deya taʼkidladi.
Bugungi kunda sunʼiy intellekt asta-sekin iqtisodiyotning alohida tarmoği doirasidan çiqib, davlat hokimiyati, iqtisodiy raqobatbardoşlik va xalqaro taʼsirning muhim resurslaridan biriga aylanmoqda. Texnologik yetakçilik tobora nafaqat davlatlarning iqtisodiy imkoniyatlarini, balki ularning xalqaro munosabatlardagi mavqeini, milliy manfaatlarini himoya qiliş va global qoidalarni şakllantirişda iştirok etiş qobiliyatini ham belgilab bermoqda.
Şu nuqtai nazardan, SI davlatlarga uçta asosiy ustunlik beradi: axborotni qayta işlaş kölami, tezligi va samaradorligi. Sunʼiy intellekt modellaridan foydalaniş narxining pasayişi bu imkoniyatlardan deyarli barça ölkalar foydalanişiga yöl oçmoqda. Şu bilan birga, asosiy texnologiyalarni işlab çiqaruvçi davlatlarga qaramlikning kuçayib borişi taşqi taʼsirning yangi dastaklarini yuzaga keltirmoqda. Hisoblaş quvvatlari, maʼlumotlar, dasturiy modellar va texnologik platformalardan foydalaniş imkoniyati geosiyosiy raqobat obʼektlaridan biriga aylanmoqda.
Markaziy Osiyo holatining öziga xosligi şundaki, mintaqa dunyoning yetakçi texnologik markazlari manfaatlari kesişgan nuqtada joylaşgan. Bunday şaroitda zamonaviy raqamli yeçimlar, hisoblaş resurslari va global texnologik platformalardan foydalaniş imkoniyati nafaqat iqtisodiy samaradorlik masalasi, balki davlatlarning strategik mustaqilligini saqlab qolişning muhim omiliga ham aylanmoqda.
Şu bois, mintaqa mamlakatlarining texnologik rivojlaniş va xavfsizlikni taʼminlaşga doir yondaşuvlarini özaro muvofiqlaştira olişi alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Ayni paytda xavfsizlikka tahdidlarning tabiati ham özgarmoqda. Sintetik kontentning ommaviy tarqalişi “yolğonçi dividendi” deb ataluvçi hodisaning şakllanişiga olib kelmoqda: işonarli soxta materiallar yaratiş imkoniyati hatto haqiqiy dalillar va axborot materiallarining işonçliligini ham şubha ostiga qöyiş imkonini beradi. Davlat va xususiy tuzilmalar foydalanayotgan xorijiy texnologik yeçimlar orqali maʼlumotlarga ruxsatsiz kiriş xavfi ham, ayniqsa, ularning arxitekturasi va axborotni qayta işlaş mexanizmlari ustidan nazorat yetarli bölmagan hollarda, bundan kam bölmagan xavotir uyğotmoqda.
Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun bu jarayonlar milliy raqamli ekotizimlarning jadal rivojlanişi fonida alohida dolzarblik kasb etmoqda. Mintaqa asta-sekin sunʼiy intellekt texnologiyalari faol joriy etilayotgan, IT-sektor kengayib borayotgan va öz texnologik infratuzilmasi şakllanayotgan makonga aylanmoqda.
Özbekistonda joriy yilning birinçi yarmida telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari eksporti 545,3 mln dollarga yetib, 2022-yilning şu davriga nisbatan qariyb olti barobar oşdi. Mamlakatda Sunʼiy intellekt xabi şakllantirilmoqda, SI iqtisodiyotning turli tarmoqlariga tobora kengroq joriy etilmoqda. Belgilangan vazifalarga muvofiq, bu sohada 200 dan ortiq yangi loyihani amalga oşiriş hamda SI asosidagi dasturiy mahsulotlar va xizmatlar hajmini 1,5 mlrd dollarga yetkaziş rejalaştirilgan.
Şunga öxşaş jarayonlar mintaqaning boşqa davlatlarida ham keçmoqda. Qozoğistonda 2025-yil yakunlariga köra, IT-xizmatlar eksporti 1,142 mlrd dollarni taşkil etdi. Raqamli kodeks va “Sunʼiy intellekt töğrisida”gi qonun kuçga kirdi, ikkita superkompyuter işga tuşirildi. Şu bilan birga, “Data Center Valley” loyihasi amalga oşirilmoqda. U energetik quvvatini 1 GVt ga qadar kengaytiriş istiqboli bilan maʼlumotlarni qayta işlaş markazlari infratuzilmasini şakllantirişni nazarda tutadi.
Tojikiston 2040-yilgaça bölgan davrda sunʼiy intellektni rivojlantiriş strategiyasini tasdiqlab, Markaziy Osiyoda bunday uzoq muddatli hujjatni qabul qilgan birinçi davlatga aylandi.
Qirğiziston SIni rivojlantirişning milliy infratuzilmasi va institutsional asoslarini şakllantirişga kirişdi, Turkmaniston esa BMT Taraqqiyot dasturi kömagida uşbu sohadagi milliy strategiyani işlab çiqmoqda.
Bunday dinamika mintaqa mamlakatlari oldida iqtisodiyotni modernizatsiya qiliş, unumdorlikni oşiriş va raqobatbardoşlikni mustahkamlaş uçun katta imkoniyatlar oçayotgani şubhasiz. Şu bilan birga, raqamli iqtisodiyotning kengayişi obʼektiv ravişda ehtimoliy texnologik nosozliklar va kibertahdidlar xavfini ham oşiradi.
Bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlarida raqamli infratuzilma va sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantiriş köp jihatdan xorijiy texnologik yeçimlarga, jumladan, hisoblaş uskunalari, bulutli platformalar va ixtisoslaştirilgan SI modellariga tayanmoqda. Şu munosabat bilan, mintaqa mamlakatlarining texnologik barqarorligini mustahkamlaş, taşqi yetkazib beruvçilarni diversifikatsiya qiliş va SI sohasida öz kompetensiyalarini rivojlantiriş vazifasi alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu taşqi texnologik çeklovlar bilan boğliq ehtimoliy xatarlarni kamaytiriş va raqamli infratuzilmani rivojlantirişda kattaroq mustaqillikni taʼminlaş imkonini beradi.
Şunday ekan, mintaqa mamlakatlari oldida xalqaro hamkorlik afzalliklaridan foydalaniş va u bilan boğliq xatarlarni minimallaştirişni bir vaqtning özida taʼminlaydigan texnologik rivojlanişning muvozanatli modelini topiş vazifasi turibdi. Karnegi xalqaro tinçlik jamğarmasi ekspertlarining baholaşiça, uşbu vazifani hal etişga doir yondaşuvlardan biri “boşqariladigan özaro boğliqlik” modeli bölişi mumkin.
Uning mohiyati hozirgi şaroitda jiddiy iqtisodiy va resurs çeklovlari bilan boğliq bölgan töliq texnologik avtonomiyaga intilişda emas, balki texnologik hamkorlik şartlarini mustaqil belgilaş qobiliyatini şakllantirişdadir. Bunday yondaşuv yetkazib beruvçilarni diversifikatsiya qiliş, strategik ahamiyatga ega sohalarda milliy kompetensiyalarni rivojlantiriş, öz ilmiy-texnik bazasini mustahkamlaş va hayotiy muhim raqamli infratuzilma ustidan milliy nazoratni saqlab qolişni nazarda tutadi.
Mazkur kontekstda raqamli suverenitetni barça zarur texnologiyalarga egalik qiliş sifatidagina emas, balki, eng avvalo, davlatning ulardan foydalaniş şartlarini mustaqil belgilaş, strategik ahamiyatga ega maʼlumotlarni himoya qiliş, texnologik yetkazib beruvçilarni tanlaş va zarurat tuğilganda ularni almaştiriş, şuningdek, taşqi çeklovlar şaroitida hayotiy muhim tizimlarning uzluksiz işlaşini taʼminlaş qobiliyati sifatida körib çiqiş lozim.
Texnologik mustaqillikni taʼminlaşning amaliy yönalişi sifatida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantiriş alohida ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Özbekiston Prezidenti özaro boğlangan milliy maʼlumotlar markazlariga asoslangan umumiy hisoblaş infratuzilmasini yaratiş taklifini ilgari surdi. Uşbu taşabbusning amalga oşirilişi mintaqa davlatlarining texnologik va intellektual salohiyatini birlaştiriş, hisoblaş resurslaridan foydalaniş imkoniyatini kengaytiriş va Markaziy Osiyo raqamli infratuzilmasining barqarorligini oşiriş imkonini beradi.
Mintaqaviy hamkorlik bilan bir qatorda, texnologik xavfsizlik masalalariga doir kelişilgan xalqaro yondaşuvlarni ilgari suriş ham muhim ahamiyatga ega. Şu yönalişda Özbekiston Prezidenti Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaş (OHIÇK) sammitida umumiy tamoyillar va tavsiyalarni şakllantiriş, şuningdek, uşbu sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlaşga qaratilgan Texnologik işonç va sunʼiy intellektdan masʼuliyat bilan foydalaniş böyiça Osiyo taşabbusini ilgari surdi.
Mazkur taşabbuslar birgalikda texnologik rivojlaniş, iqtisodiy kooperatsiya, milliy manfaatlarni himoya qiliş va xalqaro işonçni mustahkamlaşni qamrab oluvçi kompleks yondaşuvni şakllantiradi.
Bunday yondaşuvni amalda röyobga çiqariş mintaqaviy hamkorlikni uçta asosiy yönalişda rivojlantirişni nazarda tutadi.
Birinçi yönaliş – Markaziy Osiyoning texnologik barqarorligini oşiriş. Hisoblaş quvvatlarini birlaştiriş, umumiy infratuzilmani rivojlantiriş va yetkazib beruvçilarni diversifikatsiya qiliş mintaqa mamlakatlarining ayrim taşqi texnologik markazlarga qaramligini kamaytiriş imkonini beradi. SI asosidagi davlat tizimlarining işonçli işlaşini taʼminlaş borasida tajriba almaşiş va saʼy-harakatlarni muvofiqlaştiriş texnologik barqarorlikni mustahkamlaş uçun qöşimça imkoniyatlar oçadi. Bu ehtimoliy zaifliklarni oldindan aniqlaş, javob çoralari mexanizmlarini takomillaştiriş va davlat xizmatlari körsatilişining uzluksizligini taʼminlaş imkonini beradi.
Ikkinçi yönaliş – umumiy axborot makonini himoya qiliş. Markaziy Osiyo xalqlarining til, tarix va madaniyat jihatidan yaqinligi yagona axborot makonining rivojlanişiga xizmat qiladi va şu bilan birga işonçsiz axborot, manipulyativ kontent va dipfeyklar tarqalişiga qarşi birgalikdagi saʼy-harakatlarning ahamiyatini oşiradi. Şu munosabat bilan, sintetik kontentni aniqlaş, SI yordamida yaratilgan materiallarni markirovka qiliş, şuningdek, kiberinsidentlar haqida tezkor axborot almaşişga doir yondaşuvlarni muvofiqlaştiriş alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bu yönalişdagi birgalikdagi saʼy-harakatlar axborot muhitining barqarorligini oşiriş va fuqarolarning raqamli kommunikatsiyalarga bölgan işonçini mustahkamlaş imkonini beradi.
Uçinçi yönaliş – sunʼiy intellektni boşqariş böyiça global kun tartibini şakllantirişda Markaziy Osiyoning rolini kuçaytiriş. Milliy yondaşuvlarni muvofiqlaştiriş va umumiy mintaqaviy taşabbuslarni işlab çiqiş Markaziy Osiyo davlatlariga zamonaviy texnologiyalarning isteʼmolçilari sifatidagina emas, balki ulardan xavfsiz va masʼuliyatli foydalaniş tamoyillari va qoidalarini belgilaşga doir xalqaro muloqotning faol iştirokçilari sifatida ham maydonga çiqiş imkonini beradi. Bu borada BMTning Sunʼiy intellektni boşqariş böyiça global muloqoti doirasidagi hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Davlat siyosatini muvofiqlaştiriş bilan bir qatorda, qöşma texnologik loyihalarni qöllab-quvvatlaşning barqaror moliyaviy mexanizmlarini şakllantiriş ham alohida ahamiyatga ega. Mintaqa davlatlari, xalqaro moliya institutlari va xususiy kapital iştirokida Markaziy Osiyo sunʼiy intellektni rivojlantiriş jamğarmasini taşkil etiş bunday hamkorlikning amaliy vositasi bölişi mumkin.
Uning faoliyati qöşma ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalaştiriş, hisoblaş infratuzilmasini rivojlantiriş, malakali kadrlar tayyorlaş va SIni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga joriy etişga yönaltirilişi mumkin.
Umuman olganda, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Aqaba jarayoni yiğilişidagi iştiroki mamlakatning sunʼiy intellekt masalalari böyiça xalqaro muloqotda faol qatnaşişgagina emas, balki mintaqaviy va global darajada texnologik xavfsizlikni taʼminlaşga doir kelişilgan yondaşuvlarni şakllantirişga kömaklaşişga ham intilayotganini aks ettiradi.
Hisoblaş va intellektual resurslarni birlaştiriş, milliy kompetensiyalarni rivojlantiriş, raqamli infratuzilmani himoya qiliş va yangi texnologiyalardan masʼuliyatli foydalanişga doir yondaşuvlarni muvofiqlaştiriş mintaqaning barqarorligi va xalqaro raqobatbardoşligini mustahkamlaşning muhim omillariga aylanişi mumkin.
Pirovardida, Markaziy Osiyoning strategik vazifasi nafaqat jadal texnologik transformatsiyaga moslaşiş va u bilan boğliq xatarlarni minimallaştiriş, balki şakllanib borayotgan xalqaro texnologik munosabatlar tizimida öz örnini mustaqil belgilaşdan ham iborat. Mintaqa davlatlarining xavfsizligi, barqaror rivojlanişi va kelajakdagi xalqaro munosabatlar arxitekturasidagi roli köp jihatdan ularning saʼy-harakatlarni birlaştira olişi, texnologik mustaqillikni saqlab qolişi va özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantira olişiga boğliq böladi.
Baxtiyorjon Salomov,
Markaziy Osiyo xalqaro instituti yetakçi ilmiy xodimi
ÖzA