Markaziy Osiyo va Ozarbayjon yetakchilari Qirg‘izistondagi ilk xalqaro toifadagi golf klubining ochilish marosimida ishtirok etdilar
Cho‘lponota shahriga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlari bilan birgalikda Qirg‘izistondagi ilk xalqaro toifadagi golf klubining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.
Yetakchilar bu yerda barpo etilgan zamonaviy sport va turizm infratuzilmasi bilan tanishdilar. Yangi majmua golfni ommalashtirish, sport turizmini rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Davlat rahbarlari qardosh Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov va xalqini yangi ob’ektning ochilishi bilan tabriklab, mamlakatning turizm salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladilar.







