“Markaziy Osiyo va Germaniya” birinchi ekspertlar forumi o‘z ishini boshladi
Xiva shahrida “Markaziy Osiyo – Germaniya” ekspertlar forumining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti tomonidan Konrad Adenauyer va F.Ebert jamg‘armalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Markaziy Osiyo davlatlari hamda Germaniyaning ekspert doiralari, xalqaro tashkilotlar va yetakchi tahliliy markazlar vakillari ishtirok etmoqda.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov, Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov, Konrad Adenauyer jamg‘armasining Markaziy Osiyo mintaqaviy dasturi rahbari Andre Algermissen so‘zga chiqdi. Shuningdek, Germaniya Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo‘yicha komissari Niklas Vagner va Germaniya Parlamenti a’zosi, Bundestagning Germaniya-Markaziy Osiyo guruhi raisi Kristian Goyerkening videomurojaatlari namoyish etildi.
[gallery-28781]
Tajribali ekspert doiralari, xalqaro tashkilotlar va yetakchi tahliliy markazlar vakillarini birlashtirgan mintaqalararo mazkur muloqot Markaziy Osiyo mamlakatlari va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlikning yangi arxitekturasini shakllantirishda muhim voqea ekanligi ta’kidlandi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi “Markaziy Osiyo – Germaniya” formatini tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydigan doimiy faoliyat yurituvchi ekspertlar platformasini ishga tushirishdan iborat.
Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov(surat), O‘zA muxbirlari