Markaziy Osiyo mamlakatlarida sanoatning rivojlanishi infografikada (+video)
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–avgust oylarida Markaziy Osiyo mamlakatlarida sanoat rivojlanishining asosiy tendensiyalari tahlil qilingan.
Sanoat ishlab chiqarishining o‘sish sur’atlari:
🇹🇯 Tojikiston — 13,8%
🇰🇬 Qirg‘iziston — 8,8%
🇺🇿 O‘zbekiston — 8,0%
🇰🇿 Qozog‘iston — 2,8%
To‘rt mamlakatda sanoat ishlab chiqarishining jami hajmi 188 mlrd dollarga yetdi. Uning 93,7%i Qozog‘iston va O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keldi.
Qayta ishlash sanoatida eng yuqori o‘sish Tojikistonda (23%) qayd etildi. Keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston (10,1%), O‘zbekiston (9,1%) va Qozog‘iston (8,4%) joylashdi.
O‘zbekiston qayta ishlash sanoatining ulushi bo‘yicha yetakchi. Mamlakatda ushbu tarmoq jami sanoat ishlab chiqarishning 87%ini tashkil etdi.
Qirg‘izistonda bu ko‘rsatgich 79.2%
Tojikistonda 51.3% va
Qozog‘istonda 46.9%ga teng.
To‘rttala mamlakatda avtomobilsozlik, oziq-ovqat, kimyo sanoati va qurilish materiallari ishlab chiqarish o‘sdi. Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistonda qayta ishlash sanoati qazib olish tarmog‘idagi pasayishni qoplashga xizmat qildi.
M.Turdaliyeva, I.Ismatov. O‘zA