15 yanvar kuni Markaziy Osiyo xalqaro instituti Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan amaliy hamkorlik istiqbollari va mintaqaviy tadqiqotlarning dolzarb masalalari” mavzuida davra suhbati o‘tkazdi.

Unda ilmiy-ekspert doiralar vakillari, jumladan, Markaziy Osiyo xalqaro instituti, O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti huzuridagi  Strategik  va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar axborot-tahlil markazi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti  vakillari ishtirok etdi.

Shuningdek, O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlaridagi elchilari ham o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan navbatdagi Murojaatnomasida Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ko‘p asrlik do‘stlik aloqalari, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, strategik sheriklik va o‘zaro ishonchni mutahkamlash O‘zbekiston tashqi siyosatining  eng ustuvor  yo‘nalishi ekanini ta’kidlagan edi.

Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori Anvar Nosirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu muassasaning asosiy maqsad va vazifalari, faoliyat yo‘nalishlari xususida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berdi.

Mazkur institut ilmiy-amaliy faoliyatining asosiy yo‘nalishi mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari bilan bog‘liq mintaqaviy jarayonlar va xalqaro munosabatlar ekani qayd etildi.

Bu yaqin qo‘shnilar bilan ochiq va konstruktiv siyosat yuritish, Markaziy Osiyodagi mintaqaviy masalalar va muammolarni teng huquqlilik, o‘zaro manfaatlarni hisobga olish  va oqilona  yechimlar asosida  hal qilishdir.

Davra suhbati qatnashchilari Markaziy Osiyo mintaqasida muzokaralar va rivojlanish uchun yangi imkoniyatlarni topish uchun maydon bo‘la oladigan  tuzilma tashkil etish dolzarb ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

Tadbirda chuqur izlanish talab etadigan dolzarb masalalar, Markaziy Osiyo bo‘yicha tadqiqotlarga yo‘naltirilgan hamda birga ishlashga tayyor bo‘lgan olimlar, amaliyotchilar va ekspertlar, ilmiy, ta’lim, tahliliy markazlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash formati belgilab olindi.

Davra suhbati yakunida ekspert doiralari vakillarining uchrashuvlarini davom ettirish, ma’lumot almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Bunday amaliyot institut va hamkor tashkilotlar maqsadlarini ilgari surishi e’tirof etildi.

O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligi istiqbollari muhokama qilindi