Markaziy Osiyo kasaba uyushmalari kubogi bahslari qizg‘in davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi «Yunusobod» sport majmuasida «Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari konfederatsiyasi kubogi» uchun mini futbol musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iz Respublikasi va Tojikiston kasaba uyushmalarining mini futbol jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Kunning birinchi yarmida Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikasi jamoalari o‘zaro maydonga tushdi. Keskin va murosasiz kechgan uchrashuvda Qirg‘iz Respublikasi jamoasi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Keyingi bahs Tojikiston va O‘zbekiston jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Qizg‘in va shiddatli kechgan o‘yinda hamyurtlarimiz 2:1 hisobida ustun kelib, g‘alabani qo‘lga kiritdi.
[gallery-29003]
Musobaqa doirasida ertaga yarim final va final uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA