Bugun poytaxtimizdagi Markaziy Osiyo xalqaro institutida “Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvi: barqarorlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Gibrid shaklda o‘tgan tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari ekspert-tahliliy va tadqiqot tuzilmalari, shuningdek, mintaqa davlatlarining yetakchi vazirlik va idoralari vakillari va OAV xodimlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda joriy yilning 14-15 sentyabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisi yakunlari muhokama qilindi.

– Aynan O‘zbekiston Prezidentining pragmatik mintaqaviy siyosati Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida mavjud bo‘lgan ko‘pgina to‘siqlarni bartaraf etish imkonini berdi, -dedi tadbirda bevosita ishtirok etgan Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining “Yashil Markaziy Osiyo” dasturi rahbari Karolina Milov. – Uning Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni mustahkamlash, Afg‘onistonda tinchlik va osoyishtalikni saqlashda faol yordam berishga qaratilgan sa’y-harakatlari, ayniqsa, e’tiborga molik. Ishonchim komilki, O‘zbekiston rahbarining afg‘on xalqiga zarur yordamni ko‘rsatishni davom ettirish, Termiz shahrida insonparvarlik yordami uchun xalqaro xab tashkil etish va afg‘onlarni o‘qitishni davom ettirish niyati haqidagi bayonotini xalqaro hamjamiyat yuksak e’tirof bilan qabul qildi.  

Darhaqiqat, davlatimiz rahbari Dushanbe sammitidagi nutqida bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surgan edi. Jumladan, mintaqaviy savdo aloqalarini yanada rivojlantirish uchun erkin savdo zonasini barpo etish zarurligi, shuningdek, mintaqada barqaror savdo va ta’minot zanjirlarini yaratish bo‘yicha kompleks mintaqaviy dasturni qabul qilishni taklif qilgan edi.  

– Prezidentimiz Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashi sammitida bir muhim masalani ilgari surdilar, -dedi Markaziy Osiyo xalqaro instituti Ekologik tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Nozim Hasanov. – Xabaringiz bor, mazkur jamg‘armani takomillashtirish jarayoni hozir ham davom etib kelmoqda va bu jamg‘arma tuzilmasining ichida o‘ta muhim tashkilotlar bor. Ulardan eng muhimlaridan biri bu -  Davlatlararo suv xo‘jaligi bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi tashkiloti. Uning qoshida esa ikkita havza tashkilotlari bor. Bular Amudaryo va Sirdaryo. Aynan shu sammit mobaynida davlatimiz rahbari ushbu tashkilotlar o‘rni, ularning texnik salohiyatini oshirish kerakligi va uning ko‘lamini kengaytirish masalasi haqida alohida ta’kidlab o‘tdilar.  

Yig‘ilish davomida xalqaro ekspertlarning ma’ruzalari tinglandi va ommaviy axborot vositalari vakillarining qiziqtirgan savollariga mutasaddilar tomonidan javob qaytarildi.  

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/q1t9I_cGjdE" title="Markaziy Osiyo: jozibadorlik markazi, yangi iqtisodiy imkoniyatlar makoni" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

O‘tkir Alimov, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy Osiyo: jozibadorlik markazi, yangi iqtisodiy imkoniyatlar makoni (+video)