Markaziy Osiyo chempionatidan fotoreportaj
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da gandbol bo‘yicha ayollar va erkaklar jamoalari o‘rtasida Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Musobaqalar dasturiga ko‘ra, kunning birinchi yarmida ayollar jamoalari bellashuvlari o‘tkazilmoqda. Kunning ikkinchi yarmida esa erkaklar jamoalari o‘rtasidagi bahslar bo‘lib o‘tmoqda.
[gallery-28521]
Chempionatda OKMK, Navoiy viloyati, Qozog‘istonning “Turon”, “Chimkent”, “Ostona” jamoalari, shuningdek, Hindiston-1, Hindiston-2, Xorazmning “Ma’mun”, Surxondaryo hamda O‘zbekiston U-18 terma jamoasi ishtirok etmoqda.
Markaziy Osiyo chempionati bahslari 5-aprelga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA