Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi DXX DCHXQQ 9252-harbiy qism bilan hamkorlikda oldindan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, Sirdaryo tumani “Sholikor” SIUning Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan hududida tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish borasida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida, O‘zbekiston fuqarlari A.J va U.F. oldindan o‘zaro til biriktirib, Sirdaryo tumani “Sholikor” SIU hududida bojxona nazorati o‘rnatilmagan “Kalgan sir” nomli o‘rmon xo‘jaligi yaqinidan oqib o‘tuvchi, ikki davlatni ajratib turuvchi Sirdaryo daryosi orqali Qozog‘istondan O‘zbekistonga rezina qayiq yordamida bojxona nazoratini chetlab olib o‘tilgan jami 6 dona qog‘oz qutilar borligi aniqlandi hamda ushbu qutilardagi mahsulot egalari A.J va F.U. va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilib sanoqdan o‘tkazilganda, xorijda ishlab chiqarilgan, tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan 5 turdan iborat, dastlabki qiymati 523 290 000 so‘mlik bo‘lgan 1 430 quti filtrli tamaki mahsulotlari (sigaretalar) hamda 4540 dona ko‘z uchun linzalar va linza uchun g‘iloflar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sh.Suyarov, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markalanmagan tamaki mahsulotlari o‘z vaqtida fosh etildi