Mariya Timofeyeva xitoylik tennischi bilan o‘ynaydi
Meksikaning Monterrey shahrida tennis bo‘yicha WTA 500 turkumiga kiruvchi “Monterrey Open” musobaqasining mukofot jamg‘armasi 1 million 206 ming 446 AQSH dollarini tashkil etmoqda. Ushbu turnir saralashining hal qiluvchi bosqichida O‘zbekistonning birinchi va ikkinchi raketkalari — Kamilla Rahimova hamda Mariya Timofeyeva o‘zaro bahs olib bordi.
Uch set davom etgan uchrashuvda avval K.Rahimova 6:3 hisobida g‘alaba qozondi. M.Timofeyeva esa ikkinchi setda xuddi shu hisobda javob qaytardi. Hal qiluvchi uchinchi setda g‘olib tay-breykda aniqlandi. Unda Mariya 7:6 hisobida zafar quchdi va “Monterrey Open” asosiy to‘rida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Qayd etish joiz, bu tennischilar o‘rtasidagi uchinchi uchrashuv bo‘ldi. O‘zaro bahslardagi hisob 2:1 ko‘rinishiga keldi. Mariya esa Kamilla ustidan ilk bor g‘alaba qozondi.
Nufuzli musobaqaning asosiy to‘r birinchi davrasida Mariya Timofeyevaga xitoylik Chjan Shuay raqiblik qiladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA