Mariya Timofeyeva Turkiyada finalga chiqdi
Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining uchinchi raqamli tennischisi Mariya Timofeyeva Turkiyaning Istanbul shahrida ayollar o‘rtasida davom etayotgan WTA125 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnir finaliga yo‘l oldi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, mazkur musobaqaning yarim finalida Mariya Timofeyeva fransiyalik Alise Tubelloga qarshi kortga chiqdi va 6:4, 4:6, 6:0 hisobida g‘alaba qozonib, so‘nggi hal qiluvchi final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Endi tennischimiz musobaqa finalida turnirning eng kuchli tennischisi deya e’tirof etilayotgan xorvatiyalik Donna Vekichga qarshi bahs olib boradi.
Mazkur o‘yin 10-may kuni mamlakatimiz vaqti bilan soat 16:00 dan so‘ng tashkil etiladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA