Marhumning hayot va mehnat yo‘li yodga olindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasida uzoq yillar davomida fidoyilik bilan xizmat qilgan Rahmon Xudoyberganovning mehnati, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasiga qo‘shgan hissasi yuqori baholandi.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Rahmon Xudoyberganov "Iste’molchi huquqi himoyachisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan edi.
Ushbu yuksak mukofotni oilasiga yetkazish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi rahbariyati bayram arafasida marhumning xonadonida bo‘lib, ko‘krak nishonini farzandlari va yaqinlariga topshirdi.
Topshirish jarayonida Rahmon akaning xalq va jamiyatga xizmat qilishdagi fidoyiligi, insoniy fazilati e’tirof etilib, uning yorqin xotirasi va mehnati hurmat bilan yodga olindi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri