Jizzax viloyatining “Ravot” aholi yashash punktida joylashgan maydonda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari mezbonligida tashkil etilgan “Ot poygasi” milliy etnosport turnirida ham mamlakatimizdagi kuch tuzilmalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mohir chavandozlari o‘zaro bellashdi.

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori va O‘zbekiston Respublikasi MV, IIV, DXX, MG, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining 2023 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida 2023-2025 yillar davomida etnosport turlari bo‘yicha turnirlarni o‘tkazish tartibini belgilash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur tadbirda yig‘ilganlar, bugun mamlakatimizda ot sportini rivojlantirishga qaratilayotgan diqqat-e’tibor, chavandozlarning mahoratini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda yoshlarni ushbu sport turiga qiziqtirish maqsadida olib borilayotgan tizimli ishlar xususida to‘xtalib o‘tdilar. 

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya, Mudofaa va Ichki ishlar vazirliklarining chavandozlari 800, 1000 va 1200 metr masofaga ot chopish bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. 

Barchaning diqqat-e’tiborini tortib, har bir vazirlik va idora vakillari o‘z ishtirokchilariga muxlislik qilgan mazkur poyga davomida, qatnashuvchilar bor kuch-mahoratlari, chopqirliklari, xizmat otlari bilan bir-birlarini tushungan holda harakatlana olish qobiliyatlarini amalda namoyon etdilar.

Chavandozlarning poygadagi ishtiroki O‘zbekiston Respublikasi Ot sporti va yilqichilik federatsiyasi vakillari tomonidan odilona baholab borildi. 

Ta’kidlash kerakki, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ot sportiga qiziqtirish maqsadida, tadbirga Sharof Rashidov tumanidagi 9,39,46,47,53 va 57-umumta’lim maktablari hamda Zomin tumanidagi “Temuriylar izdoshi” nodavlat ta’lim muassasasi o‘quvchi yoshlari ham taklif etilib, ular uchun sarhadlarimiz posbonlari tomonidan xizmat otlari ishtirokida konkurs, djigitovka, voltijirovka hamda boshqa bir qator akrobatik mashqlar, shuningdek xizmat itlari ishtirokida davlat chegarasi buzg‘unchisi hamda yot jismlarni aniqlash singari ko‘rgazmali chiqishlar ham namoyish etildi. 

Qizg‘in va murosasiz kechgan turnir yakuniga ko‘ra, 800 metr masofada o‘tkazilgan poygada birinchi o‘rinni Chegara qo‘shinlari vakili III-darajali serjant A.Suyarov “Kagor” laqabli xizmat oti bilan, ikkinchi o‘rinni Milliy Gvardiya harbiy xizmatchisi kichik serjant O.Alimov “Bulut” laqabli  xizmat oti bilan, uchinchi o‘rinni esa Mudofaa vazirligi chavandozi kichik serjant Sh.Botirov “Antikvar” laqabli xizmat oti bilan egallashga muvaffaq bo‘ldi. 

Poyganing navbatdagi, 1000 metrli masofasida ham peshqadamlik bilan raqiblarini ortda qoldirgan chegarachi chavandoz III-darajali serjant F.Askarov “Kumar” laqabli xizmat oti bilan birinchi, Ichki ishlar vazirligi harbiy xizmatchisi kichik serjant D.Urazov “Reastat” laqabli xizmat oti bilan ikkinchi va Milliy gvardiya jamoasi vakili III-darajali serjant A.Alayarov “Tasalixon” laqabli xizmat oti bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

So‘nggi, 1200 metrli masofada “Antikvar” laqabli xizmat oti bilan Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchisi kichik serjant Sh.Botirov birinchi, “Prognozxon” laqabli xizmat oti bilan Chegara qo‘shinlari chavandozi serjant X.Choriyev ikkinchi va “Shelist” laqabli xizmat oti bilan Ichki ishlar vazirligidan safdor J.Abduahatov uchinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan maxsus kubok, diplom va medallar bilan taqdirlandi.

-Ot chopish ota-bobolarimizdan meros bo‘lgan qadriyat sanaladi. Qolaversa, biz chegarachilar xizmat otlarimizdan sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash borasida ham og‘irimizni yengil qiluvchi doimiy hamroh sifatida foydalanib kelmoqdamiz. Бугунgi poygada men “Kagor” laqabli xizmat otim bilan bir tanu bir jon bo‘lib harakat qilishim natijasida, 800 metrli masofani ildamlik bilan bosib o‘tib, marraga birinchi bo‘lib yetib keldik. Bundan albatta, xursandman. Chunki raqiblarimiz ham, ularning xizmat otlari ham anchayin yaxshi tayyorgarlikka ega edi, - deydi turnir g‘oliblaridan biri III darajali serjant Ahrorbek Suyarov.

Albatta, o‘tkazilayotgan bu kabi musobaqalar mamlakatimizda milliy etnosport turlarini yanada ommalashuviga xizmat qilishi bilan bir qatorda, kuch tuzilmalarining ham o‘zaro hamkorliklarini yanada mustahkamlashi, shubhasiz. 

Mayor Farida Bobojonova

DXX Chegara qo‘shinlari

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mardlar maydonda sinaldi