Mansabdor shaxs pora olayotganda qo‘lga olindi
Joriy yilning 28 dekabr kuni Buxoro viloyati prokuraturasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti, IIB va DXX viloyat boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Natijada “O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyati boshqarmasi mansabdor shaxsi S.A. “I.G.A.S. ” MCHJga qarashli AYOQSHda o‘tkazilgan tekshirish yakuni bo‘yicha mazkur shoxobcha faoliyatini tiklab berish, “B.A.Y.Q.” MCHJga qarashli AYOQSHga faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish, 2024 yilda nazorat organlari tomonidan tekshirish e’lon qilinganda, unga oldindan xabar berish evaziga 100 000 AQSH dollari pora talab qilib, Buxoro shahar tug‘ruq kompleksi yonida kimyoviy ishlov berilgan 50 000 AQSH dollarini pora tariqasida olgan vaqtida qo‘lga olinadi.

Mazkur holat bo‘yicha fuqaro S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibida ushlangan.
Hozir mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Buxoro viloyati prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov,
O‘zA muxbiri