«Manchester Yunayted» «Real» hujumchisini nishonga oldi
«Qizil iblislar» 20 yoshli braziliyalik futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan.
Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik «Manchester Yunayted»ning transfer ro‘yxatidan joy oldi.
Indykaila News ma’lumotiga ko‘ra, «qizil iblislar» 20 yoshli braziliyalik futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan.
Endrik kelasi mavsum «Real» asosiy tarkibida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi qiyinligini hisobga olib, ijara asosida boshqa klubga o‘tishga tayyor.
Futbolchining o‘zi ham «Manchester Yunayted»ga o‘tish variantiga ijobiy qaramoqda. Biroq hozircha muzokaralar dastlabki bosqichda.
Endrik o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini Fransiyaning «Lion» klubida ijara asosida o‘tkazgan.
Avvalroq braziliyalik hujumchi uchun asosiy da’vogar sifatida «Roma» ko‘rsatilgan edi. Italiya klubi Endrikni sotib olish huquqi bilan ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqqan.