“Manchester Yunayted” Bruno Fernandesh bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Mankunianliklar 31 yoshli futbolchiga 2029-yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilgan.
“Manchester Yunayted” portugaliyalik yarim himoyachi Bruno Fernandesh bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mankunianliklar 31 yoshli futbolchiga 2029-yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qilgan. Uning amaldagi kelishuvi 2027-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi.
Bruno joriy APL mavsumida ikki uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi.
Transfermarkt Portugaliya terma jamoasi futbolchisining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.