«Manchester Siti» Pedru Netu transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi
«Shaharliklar» «Chelsi» vingeri Pedru Netuning vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan va futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlagan.
«Manchester Siti» Savinyoning ehtimoliy ketishini inobatga olib, yangi vinger transferi ustida ishlamoqda.
Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, «shaharliklar» «Chelsi» vingeri Pedru Netuning vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan va futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlagan.
Qayd etilishicha, agar Savinyo jamoani tark etsa, aynan Pedru Netu uning o‘rnini egallash uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi.
Portugaliyalik futbolchi shu kungacha «Chelsi» safida 103 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol va 27 ta assist muallifiga aylangan.
Avvalroq 26 yoshli Pedru Netu ta’tildan qaytib, «Chelsi» bilan mashg‘ulotlarni boshlagani haqida xabar berilgandi.