“Ma’naviyat sektori” faoliyati o‘rganildi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumanidagi Polvonlar yurti mahallasida tashkil etilgan “Ma’naviyat sektori” faoliyati bilan tanishdi.
Viloyat rahbari ushbu mahallada “Ma’naviyat sektori”ni yanada yaxshilash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan bir qator loyihalar bilan tanishdi. Jumladan, mahallada tashkil etilgan “Chechalar” folklor havaskorlik jamoasi, ziyolilar, nuroniylar, ibratli oila vakillari, Haj va Umra ziyoratlariga borib kelgan mahalla vakillaridan iborat “Ma’naviyat targ‘ibotchilari”, shuningdek, kitobxon oila va yoshlar bilan suhbatlashdi.
[gallery-17542]
Ta’kidlash kerak, “Ma’naviyat sektori” faoliyati doirasida mahalla aholisi orasida “Kitobxon oila”, “Ma’rifatli oila”, “Ibratli oila”lar aniqlanib, xonadon kutubxonalari tashkil etildi. Mahalla xonadonlarida vatanparvarlik timsoli – davlat bayrog‘i ilib qo‘yilganligi taqdimotda aytib o‘tildi.
Viloyat hokimi mas’ullarga ushbu tajribani barcha mahallalarda joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA