Mamlakatimizda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, ajdodlar xotirasiga munosib ehtirom ko‘rsatish maqsadida o‘zining yorqin iste’dodi, ko‘p yillik samarali ijodiy faoliyati bilan kelajak avlodlar uchun bebaho meros qoldirgan, Vatanimiz mustaqilligining ma’naviy asoslarini mustahkamlash, xalqimizning ma’rifiy-badiiy tafakkuri va intellektual salohiyatini yuksaltirish, yurtimizda madaniyat, san’at va adabiyot sohalarini rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shgan, jamiyatimizda ezgulik va mehr-oqibat, vatanparvarlik va bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirish yo‘lida unutilmas xizmat qilib, sermazmun hayoti va yuksak insoniy fazilatlari bilan el-yurt xotirasidan chuqur joy egallagan quyidagi marhum ijodkorlar mukofotlansin:
«Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan
Abbosov Shuhrat Solixovich - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, kinorejissyor
A’zamov G‘ani - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
Yoqubov Odil - O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi
Sadriyeva Zaynab - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
Umarov Hamza - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
Yunusov Obidjon - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
«El-yurt hurmati» ordeni bilan
Hoshimov O‘tkir - O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
Zunnunova Saida - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoira va yozuvchi
Hamidova Manzura - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
Hotamov Orifxon - O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Alixo‘jayev O‘lmas - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
Boltayeva Ikroma - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
Yoqubova Maryam - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktrisa
Zokirov Jamshid Karimovich - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor
Nurmatov Hojiakbar - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
Otaxonov Ochilxon - O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi
Rahmatov Dias Nig‘matovich - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktyor
Rizayeva Yulduz - O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, aktrisa
Saidjonov O‘lmas - O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi
Tojiyev To‘lqin Jo‘rayevich - O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor
«Do‘stlik» ordeni bilan
G‘oipov Davron - estrada xonandasi
Mamadaliyev Rasulqori - xonanda va sozanda
Rtveladze Eduard Vasilevich - akademik, arxeolog va san’atshunos olim
Sadullayev Sanjar Lutfullayevich - dublyaj aktyori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev